Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
16 va 19 yoshlilar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda
17:16 / 2025-06-11

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida 16 va 19 yoshlilar o‘rtasida voleybol bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekistondan 2 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Kecha musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vazirligi, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari, xalqaro delegatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

[gallery-23854]

Marosimda so‘zga chiqqan rasmiylar voleybol sportining so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham, butun mintaqada ham jadal sur’atda rivojlanayotgani, xalqaro musobaqalarning esa yosh avlod sportchilari uchun muhim maydon bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Marosimdan so‘ng, ilk uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda 16 yoshli sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekistonning birinchi jamoasi Qirg‘iz Respublikasi voleybolchilarini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Eron-Qozog‘iston jamoalari o‘rtasidagi bahs 3:0 hisobida eronliklar foydasiga hal bo‘ldi.

19 yoshlilar uchrashuvida Eron Hindistonni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, xuddi shu hisobda «O‘zbekiston-1» Qirg‘iz tengdoshlaridan ustun keldi.

Bugun ham musobaqalarni 16 yoshli voleybolchilar boshlab berdi. «O‘zbekiston-1» hamda «O‘zbekiston-2» jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin 3:0 hisobida mamlakatimizning birinchi jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

Voleybolchilar musobaqasi 16 iyunga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA