English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
16 nafar fuqaro ishlash uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi
13:20 / 2021-08-17

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy davlatlar ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida turli davlatlarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlariga yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining "Baltrans" korxonaci o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan 16 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportidan qurilish ob’ektlarida ishlash uchun jo‘nab ketdi.

Toshkent-Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi aviareys orqali vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targ‘ibot ishlari olib borilib, sohaga oid buklet, tarqatma materiallar berildi.