French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,6 mlrd so‘mlik elektron tamaki mahsulotlari savdoga chiqarilishining oldi olindi
11:29 / 2025-10-31

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yangiariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "H.P." MCHJ do‘koni sotuvchisi xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 3 dona elektron tamaki mahsulotini 800 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Tezkor tadbir davomida Urganch shahrining “Islomobod” MFY hududidagi xonadondan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 32 turdagi jami 8 ming 405 dona elektron tamaki, nikotinli yostiqchalar va nikotinli suyuqliklar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

A. Shokirov, O‘zA