Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,6 milliard so‘m miqdoridagi soliq qarzi undirildi
19:49 / 2026-01-13

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining 2025 yil 29 may kungi qaroriga asosan qarzdor “Qaraqalpaqstan agro klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 1,6 milliard so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan. Ushbu qaror asosida Majburiy ijro byurosi Taxtako‘pir tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi.

Jumladan, sud qarorining  ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor “Qaraqalpaqstan agro klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy bank hisob raqamiga elektron inkasso qo‘yildi. Shuningdek, qarzdorga tegishli 16 ta ko‘chmas mulk va 20 ta agrotexnikaga nisabatan taqiq o‘rnatildi. Shuning natijasida qarzdorlik to‘liq undirilib, ushbu pul mablag‘i davlat byudjetiga yo‘naltirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri