Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
157 ta mahallada tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi
18:54 / 2024-01-08

Bugungi kunda “Hududgazta’minot” AJ “Hududgaz Andijon” korxonasi tomonidan Andijon viloyatidagi 256 mingdan ziyod tabiiy gaz hamda 473 mingdan ortiq suyultirilgan gaz iste’molchisiga xizmat ko‘rsatilmoqda. Iste’molchilarga mavjud 5 ming 700 kilometr masofadagi gaz quvurlari, shuningdek, 625 ming donadan ziyod maishiy gaz ballonlari orqali tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

O‘tgan 2023 yilda viloyat aholisini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 2,6 kilometr gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi, 5,6 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri rekonstruksiya qilindi. Xususan, Oltinko‘l tumanidagi Uyg‘ur, Mehnat mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o‘rta bosimli yer osti gaz quvuri hamda Ittifoq, Markaz mahallalari hududidagi ko‘p qavatli uylarga gaz yetkazib beruvchi tarmoqning 800 pogonametr qismi, Asaka tumanidagi Yuqori bo‘z, Niyozbotir mahallalariga tortilgan 2,8 kilometr yer osti o‘rta bosimli gaz tarmog‘ining 2 kilometr qismi mukammal ta’mirlandi. Natijada 2 ming 320 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilandi. 

–“Tarmoqlarni qayta rekonstruksiya qilish ishlari” rejasiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 5,6 kilometr tarmoqning xizmat muddati yanada uzaytirildi, – deydi “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi Rahmatillo Temirov. – Jalaquduq tumanidagi Hasanqovoq mahallasidan Guliston, Navoiy, Bozorboshi, G‘ozichek mahallalariga tortilgan 3,5 kilometrlik yer usti o‘rta bosimli gaz tarmog‘inining 2,1 kilometr qismi, shuningdek, Asaka tumanidagi Hamdo‘stlik, Baraka, Birdamlik, Muqimiy, Beruniy, Amir Temur mahallalari iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi 5,9 kilometrlik yer osti o‘rta bosim gaz tarmog‘ining 3,5 kilometr qismi rekonstruksiya qilindi.

[gallery-15364]

Tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berishda gaz tarqatish qurilmalarining faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tgan yili viloyatdagi mavjud 1 ming 970 ta gaz tarqatish qurilmasi soha xodimlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ish holati yaxshilandi. Tuman, shaharlardagi 12 ta qurilma mukammal ta’mirlanib, xizmat muddati uzaytirildi. Belgilangan rejaga ko‘ra, 107,5 kilometr uzunlikdagi gaz quvurini yuqori bosim ostida sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari belgilangan bo‘lib, amalda 131,6 kilometr uzunlikdagi quvur sinaldi va tozalandi. 

Soha xodimlari tomonidan 154,5 kilometr yer usti gaz quvurlari bo‘yaldi. Shu bilan birga, mavsumga tayyorgarlik jarayonida 205,1 kilometr uzunlikdagi yer osti gaz quvurlarining holatini maxsus asbob yordamida tekshirish rejalashtirilib, mutaxassislar tomonidan amalda 276 kilometr gaz quvurining holati tekshirildi, reja 135 foizga bajarildi. 

Yuqoridagi kabi ishlarning amalga oshirilishi natijasida viloyatning 157 ta mahallasidagi 70 mingga yaqin xonadonda tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilandi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari