French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
157 mingdan ziyod xorijdan qaytgan va keta olmagan mehnat migrantlari ishga joylashtirildi
14:50 / 2022-01-10

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlikka ko‘maklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish boshqarmasi bugungi kunda vaqtinchalik xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulaylik va yengilliklar borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan 2021 yil davomida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan 48 ming 425 nafar fuqarolar qisqa muddatli o‘quv kurslarida kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda 157 ming 687 nafar xorijdan qaytgan va keta olmagan mehnat migrantlari doimiy va vaqtinchalik ish o‘rinlariga joylashtirilgan.

5 ming 743 nafar fuqaroga mikrokreditlar ajratilib, o‘zini o‘zi band qilishlariga ko‘maklashildi. Shuningdek, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan shaxslarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga jalb etish, ularning kasbiy malakasini oshirish maqsadida 418 nafar mehnat migrantlariga 163,1 million so‘m miqdorida subsidiya olishda ko‘maklashildi va 410 nafar mehnat migrantlarini tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha 160,8 million  so‘m mablag‘ ajratildi.

Kredit olishda ta’minot sifatida taqdim etiladigan sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lovlar uchun 8 nafar mehnat migrantlariga 2,3 million so‘m mablag‘ belgilandi.

bugungi kunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari soni 10 ming 279 nafarni tashkil etadi. Xorijga ishlashga ketgan migrantlarning oilasidan doimiy xabar olingan va ularning oila a’zolarining sog‘lig‘i, farzandlarining o‘qishi va boshqa ehtiyojlariga ko‘maklashish ishlari doirasida 84 ming 687 nafar fuqaroga yordam berilgan.

Xususan, 15 ming 199 ta oilaga ijtimoiy yordam, 19 ming 461 nafar fuqaroga psixologik yordam, 39 ming 874 nafar fuqaroga tibbiy yordam va 10 ming 153 nafar fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Muhayyo Toshqorayeva,O‘zA