Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
150 o‘quvchi qiz halokati: fojiaga kim aybdor?
13:11 / 2026-03-06

AQSH harbiy tergovchilari Eron janubidagi qizlar maktabiga berilgan zarba ortida Pentagon kuchlari turgani ehtimoli borligi, tergov hali yakunlanmagani va xulosa chiqarilmaganini ta’kidlagan. Bu haqda ikki nafar amerikalik rasmiy “Reuters” agentligiga ma’lum qildi.

14-mart kuni Minob shahrida sodir bo‘lgan bu hodisa AQSH va Isroilning Tehronga qarshi hujumi boshlangan kunga to‘g‘ri keladi. Islom Respublikasining BMTdagi elchisi Ali Bahrayniy aytishicha, zarba natijasida kamida 150 o‘quvchi halok bo‘lgan.

Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Pit Xegset mazkur voqea yuzasidan tekshiruv olib borilayotgani, Amerika harbiylari odatda fuqarolik manzillarini nishonga olmasligini qayd etdi. Oq uy ayni masala bo‘yicha izoh berishdan tiyildi.

Davlat kotibi Marko Rubio ham maktab atay nishonga olinishi mumkin emasligiga urg‘u bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hujum Pentagon tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, holat harbiy idoralar tomonidan to‘liq tekshiriladi.

BMT Inson huquqlari boshqarmasi mazkur voqea yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi. Xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra, maktab, shifoxona yoki boshqa fuqarolik maskaniga qasddan hujum uyushtirish urush jinoyati sifatida baholanadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA