Amaldagi qonunlarimizda voyaga yetmagan bolani ta’minlash majburiyatini ixtiyoriy bajarmagan ota yoki onadan sudning hal qiluv qarori yoki buyrug‘iga asosan aliment undirish belgilangan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanlararo sudining o‘tgan yil oktyabr oyidagi buyrug‘iga asosan, Kegeyli tumanida yashovchi O.K. ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor ota 50 million so‘m aliment pulini to‘lashdan bosh tortgan. Shu sababli Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan otaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Kegeyli tuman sudiga yuborildi.
Sud tomonidan aliment to‘lashdan bosh tortgan otaga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri