Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
15 oktyabr – Bangladesh bilan diplomatik munosabat o‘rnatilgan kun
19:38 / 2025-10-15

Hind okeani Bengaliya qo‘ltig‘i bo‘yida joylashgan Janubiy  Osiyo davlati – Bangladesh Xalq Respublikasi 1991 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston mustaqilligini rasman tan olgan. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabat rasman 1992 yil 15 oktyabrda o‘rnatilgan. 1996 yil mart oyida Toshkentda Bangladesh elchixonasi ochilishio‘zaro aloqalarni chuqurlashtirishda institutsional qadam bo‘ldi.

Davlatlarimiz savdo-iqtisodiy hamkorlikka ustuvor masala sifatida alohida e’tibor qaratib keladi.

2024 yilgi savdo munosabati mustahkam iqtisodiy aloqalar va mavjud salohiyat hozirgi ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish imkoniyati yetarli эканини ko‘rsatdi. Shuningdek, imzolangan qator kelishuvlar, anglashuv memorandumlari tovar ayirboshlash muntazam o‘sishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa transport uskunalari va qishloq xo‘jaligi mahsuloltlari oldi-sotdisiga alohida e’tibor qaratilyapti.

O‘zbekiston savdo tashkilotlari ichki xarid uchun Bangladesh eksportiga tobora ko‘proq murojaat qilishi tufayli o‘tgan yil tegishli ko‘rsatkich 1,6 milliard dollarga yetdi.

Bangladesh bojxona xizmati ma’lumotiga ko‘ra, firmalar tomonidan savdo tejamkor boshqarilishi natijasida mahsulot ayirboshlash yillik miqdori taxminan 6,7 foiz oshib, rekord darajaga ko‘tarildi.

“Bangladesh Export Data” hisobotida 2024 yil mamlakatimizga eksport qilingan eng yaxshi 10 turdagi mahsulot tayyor kiyim, farmatsevtika, charm, arqon-ip, kanop, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, muzlatilgan dengiz jonivorlari go‘shti, to‘qima ip va mato, sopol buyum, qog‘oz va yelim bo‘ldi.

Madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa madaniyat va ziyorat turizmi borasidagi sheriklik ham jadal rivojlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bangladesh – unitar respublika. Poytaxti Dakka shahri. 1972 yil kuchga kirgan konstitutsiyaga binoan, Prezident davlat boshlig‘i hisoblanadi. Bir palatali parlament – Milliy мажлиснинг 330 deputati prezident singari 5 yil muddatga saylanadi. Ijro hokimiyati Prezident va hukumat.

Bangladesh 1974 yildan BMT a’zosi. 26 mart – Mustaqillik kuni asosiy milliy bayram sifatida qabul qilingan.

Asosiy rasmiy axborot agentligi sanaladigan Bangladesh Milliy axborot agentligi (BNA) 1972 yil, mustaqillikka erishilgandan so‘ng ochilgan bo‘lib, ichki va tashqi voqealar haqida to‘g‘ri, ishonchli xabar yetkazib berish maqsadida faoliyat yuritadi. Siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, sport, atrof-muhit kabi keng ko‘lamli mavzularni qamrab oladi.

1970 yil ishga tushgan xususiy yangiliklar tarmog‘i “Eastern News Agency” va “NsNewsWire” matbuot-axborot agentligi ham bor. Bangladesh OAV Osiyoning ko‘plab yetakchi axborot agentliklari, kundalik gazetalar, telekanallar bilan sheriklik o‘rnatgan. Bangladeshda radio va televideniye davlatga qarashli hisoblanadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA