Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
15 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
19:10 / 2024-12-15

Xabaringiz bor, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari hamkorligida Rossiya Federatsiyasining 6 ta hududida joylashgan 10 nafar bolani vatanga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangan edi.

O‘rganishlar jarayonida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalari ko‘magida yana 5 nafar bolaning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgani aniqlandi.

Bugun tongda jami 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

O‘z oilalariga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi Bolalar uyiga joylashtirildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibidagi «Inson» markazlari xodimlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar faol ish olib borib, bolalarni qabul qilish uchun ularning oilalarini har tomonlama tayyorlashda ishtirok etdi. Bolalar qaytarilgach, mutasaddi xodimlar ularning oilaviy muhiti va bolaning holatini muntazam monitoring qiladi va zaruriyat tug‘ilganda ijtimoiy xizmatlar biriktiradi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA