15 nafar fuqaro Moskva shahriga ishlash uchun jo‘nab ketdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Tex Stroy” korxonasi bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, viloyatlarda o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgan 15 nafar fuqaro Moskva shahrida vaqtincha mehat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent-Moskva aviareysi orqali tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.
Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning iyun oyida Rossiya Federatsiyasiga 267 nafar fuqaro vaqtincha mehat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘natilgan.