Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
13:30 / 2025-11-28

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro “S.G‘.” tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘ziga qarashli bo‘lgan noturar binoda, tegishli hujjatlarsiz tibbiy dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotganligi fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu manzilda tegishli sharoitlarda saqlanmayotgan jami 66 turdagi 41 319 dona dori vositalari borligi aniqlanib, shundan 56 turdagi 36 361 dona dorilarning muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 565 mln сўмни tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.