15 milliarddan ortiq mablag‘ iste’molchilarga qaytarildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga 2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqarolardan jami 5 ming 472 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur ariza va shikoyatlarning 4 ming 989 tasi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 15 milliarddan ortiq yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida Federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi savdo, gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish (servis), transport, aloqa va boshqa sohalar bilan bog‘liq masalalardir.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA