Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,5 milliard so‘mlik uyali aloqa vositalarini yashirincha olib kirish rejasi fosh etildi
09:47 / 2023-09-19

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda uyali aloqa vositalarini yashirincha olib kirilishini fosh qildi.

“Farg‘ona – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “KIA BONGO” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashinaning yukxonasida maxsus yasalgan xufiyadonga joylashtirilgan xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki umumiy qiymati 1 milliard 501 million so‘mlik 7 turdagi jami 420 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

M.Sulaymonov, O‘zA