English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,5 milliard so‘mlik tovarlarga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi
11:56 / 2021-03-18

Ayrim shaxslar tomonidan respublikamiz hududiga turli qing‘ir yo‘llar orqali tovar-moddiy boyliklarni yuk hujjatlarida ko‘rsatmagan holda olib kirishga bo‘lgan urinishlarga bojxona organlari o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Toshkent-tovar» bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan 6 dona «sanoat konditsioneri» tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada,bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida qiymati 1 milliard 500 million so‘mlik 6 dona konditsionerlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tovarlarga 174 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari to‘lanishi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi

axborot xizmati