English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,5 milliard so‘mlik tovarlarga qo‘shimcha bojxona to‘lovi hisoblandi
11:16 / 2021-04-03

Toshkent shahar bojxona boshqarmasidan xabar berishicha, ayrim shaxslar tomonidan respublikamiz hududiga turli qing‘ir yo‘llar orqali tovar-moddiy boyliklarni yuk hujjatlarida ko‘rsatmagan holda olib kirishga bo‘lgan urinishlarga bojxona organlari o‘z vaqtida chek qo‘ymoqda.

Xususan, shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan 6 dona “sanoat konditsioneri” bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida qiymati 1 milliard 500 million so‘mlik 6 dona konditsionerning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 174 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovi to‘lanishi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sh. Mamaturopova, O‘zA