Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
15 milliard so‘mlik sigaretlarning yurtimizga noqonuniy kirishiga chek qo‘yildi
12:56 / 2023-10-04

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona postida mamlakatimiz hududiga noqonuniy olib kirishga urinilgan yirik miqdordagi “Milano” sigareti to‘xtatib qolindi.

Mamlakatimiz hududiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi vagonlardan biri belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan, aksiz markasiz, qiymati 15 milliard so‘mlik 999 ming 956 quti “Milano” nomli tamaki mahsuloti borligi aniqlandi. 

Bu haqda O‘zAga xabar bergan viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shohruz O‘ralovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Uch davlat bilan chegaradosh voha bojxonachilari o‘tgan oyda ham aynan mazkur bojxona posti orqali olib o‘tilayotgan 12 milliard 700 million so‘mlik 851 ming quti tamaki mahsulotining yurtimizga noqonuniy kirib kelishiga chek qo‘ygan edi.

X.Mamatrayimov, O‘zA muxbiri