Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni
14:00 / 2023-03-15

Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilib, 1983 yildan buyon har yili butun dunyoda keng nishonlanadi.

 Bu sana har yili Butunjahon iste’molchilar ittifoqi tashkiloti tomonidan ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi. Joriy 2023 yilda esa «Toza energiya va mahsulotlarni iste’mol qilishga o‘tish orqali iste’molchilarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» shiori ostida o‘tmoqda. 
 
Mamlakatimizda Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni 1996 yil 26 aprel – O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingandan boshlab nishonlanib kelinmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, iste’molchi— foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro. 

O‘zA