Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni Iste’molchilar huquqlari – ishonchli himoyada
16:56 / 2023-03-15

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasida 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlab seminar tashkil etildi.

Moliyaviy savodxonlik – bugungi kun yoshlari uchun muhim ahamiyatga ega va eng zarur bilimlardan hisoblanadi. Aslida, moliyaviy savodxonlik – daromad va xarajatlarni rejalashtirish, mablag‘ni jamg‘arish, qarzni aql bilan olish, taqqoslash va tahlil qilish hamda moliya olamidagi iste’molchilar huquqlarini bilishdan iboratdir.

[gallery-10987]

Seminarda boshqarma tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda fuqarolarning moliyaviy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.  

Ta’kidlanganidek, 2022 yilda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga jami 6701 ta ariza va murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarni o‘rganish davomida fuqarolarga jami 1,7 milliard so‘m pul mablag‘i qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishilgan.

Seminar davomida iste’molchilar har qadamda duch kelayotgan turli kamchilik va e’tiborsizlikni tugatish borasida qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Kamola Yusupova, Muhammad AMIN (surat) O‘zA