FOTOREPORTAJ
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida kurash bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi.
O‘z tarixida XI marotaba o‘tkazilgan qit’a chempionatida 26 davlatdan sara kurashchilar jami 15 ta (7 ta erkaklar, 8 ta ayollar) vaznda medallar uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar o‘rtasida -60, -73, -100 kg, ayollarda esa -48, -57, -63, -78 hamda +87 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib - 15 ta vaznda medallar uchun gilamga chiqdi. Yakunda birgina -73 kg vazn toifasidagi kurashchimiz medal qo‘lga kirita olmadi.
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Eron terma jamoasi ikkinchi pog‘onadan joy oldi.
Ikkinchi kungi g‘olib va sovrindorlar:
AYOLLAR
-48 kg vazn toifasi
1. Lian Ye (Xitoy Taypeyi);
2. Mohinur Mo‘minova (O‘zbekiston);
3. Trang To Chi (Vetnam);
3. Yallappa Jadhav (Indoneziya).
-57 kg vazn toifasi
1. Ibodatxon Og‘ajonova (O‘zbekiston);
2. Fazilat Gulboyeva (Tojikiston);
3. Yu-Xsuan Chuang (Xitoy Taypeyi);
3. Saovalak Xomklin (Tailand).
-63 kg vazn toifasi
1. Oliya Hamidova (O‘zbekiston);
2. Ardeshir Beyranvand (Eron);
3. Yu-Ching Cheng (Xitoy Taypeyi);
3. Bxarti (Hindiston).
-78 kg vazn toifasi
1. Filura Ergasheva (O‘zbekiston);
2. Aliakbar (Eron);
3. Chia-Ling Liu (Xitoy Taypeyi);
3. Manprit (Hindiston).
+87 kg vazn toifasi
1. Rajab Fatema Barmaki (Eron);
2. Tay Tran Txi (Vetnam);
3. Sitora Husanova (O‘zbekiston);
3. Jittima Sirikarn (Tailand).
ERKAKLAR
-60 kg vazn toifasi
1. Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston);
2. Abdulaziz Hamroyev (O‘zbekiston);
3. Xatansayxan Amarsanaa (Mo‘g‘uliston);
3. Ali Muhammadi (Eron).
-73 kg vazn toifasi
1. Sabzali Pakdel (Eron);
2. Subhidini Halilzoda (Tojikiston);
3. Muhammad Muhammad (Quvayt);
3. Vu Ngok Son (Vetnam).
-100 kg vazn toifasi
1. Haydar Moradi (Eron);
2. Sherali Jo‘rayev (O‘zbekiston);
3. Akobir Abubakri (Tojikiston);
3. Vishal (Hindiston).
[gallery-6246]
Muhammad AMIN (surat) O‘zA