14 ta hududga chim ustida xokkey jihozlari ajratildi
Yurtimizda chim ustida xokkey sport turini yanada rivojlantirish, sportchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da Sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining 14 ta hududiy bo‘limlariga sport jihozlari topshirildi.
Ushbu jihozlar sportchilarning muntazam va sifatli mashg‘ulotlar olib borishi, ularning mahoratini oshirishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov davlatimiz tomonidan ajratilayotgan jihozlar hududlarda chim ustida xokkey sport turini ommalashtirishga, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni tayyorlashga xizmat qilishga qaratilishi lozimligini aytib o‘tdi. Bunda murabbiy va mutaxassislarning e’tibori muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA