Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
14 oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati pasayadi
11:07 / 2024-10-13

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja  iliq bo‘ladi.   

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.   

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.   

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.   

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.   

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi tumanlarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi  va  kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.   

Muhim hodisalar   

13-14 oktyabr kunlari Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.   

Joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 14-17 oktyabr kunlari esa qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.   

13-17 oktyabrda havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.   

13-15 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.   

O‘zA