14 nafar bokschimiz g‘oliblik da’vosida Bahraynga yo‘l oldi
Xabaringiz bor, Bahraynda yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan joy olgan sportchilar turli yo‘nalishlarda bahslarni davom ettirmoqda. Ushbu musobaqaning boks bo‘yicha bellashuvlari 23-30 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Kutilganidek, mazkur yo‘nalishda g‘oliblik uchun asosiy da’vogar terma jamoalardan biri bo‘lgan O‘zbekiston termasi ham ishtirok etadi.
Musobaqada quyidagi 14 nafar charm qo‘lqop ustamiz medallar uchun ringga ko‘tariladi:
Yigitlar:
-46 kg. Abdug‘ani Yorqinjonov
-50 kg. Habibulla Saynazarov
-54 kg. Behruzjon Rohataliyev
-60 kg. Ibrohim Shokirjonov
-66 kg. Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev
-75 kg. Diyorbek Murodilloyev
+80 kg. Asadbek Sultanboyev.
Qizlar:
-46 kg. Ruxshonabonu Ahadova
-50 kg. Nazokat Mardonova
-54 kg. Qumriniso Muhammadova
-60 kg. Rushanabonu Isoyeva
-66 kg. Ulbosin Jalgasbayeva
-75 kg. Samira Turg‘unova
+80 kg. Mavjuda Abdusaidova.
Ushbu musobaqada Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA