Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
14 foizli ta’lim kreditini talabalar qaysi banklardan olishlari mumkin? (+video)
09:18 / 2022-09-01

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali “Ta’lim krediti, ijara shartnomasi va yotoqxonalar” mavzusida o‘tkazilgan ovozli chatda xotin-qizlarga beriladigan 14 foizli ta’lim kreditini olish masalasi bo‘yicha berilgan savollarga Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Lazizxo‘ja Muhammedov javob berdi.

— Davlatimiz rahbarining 2022 yil 18 iyuldagi 323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi.

Ushbu ta’lim kreditini olish tartibi qanday?

— Bu qarorda eng asosiy vazifalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tijoriy banklar moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan depozitlar hisobidan 14 foizli stavkada ajratiladigan bo‘ldi. Hozirgi kunda 14 foizli kredit xalq tili bilan aytadigan bo‘lsak, hamyonbop kredit hisoblanadi. Ta’lim muassasasida o‘qiyotgan talabaga ma’lum bir qiyinchiliklarsiz ushbu xizmatlardan foydalanish ehtimolini beradi.

Talaba birinchi yil uchun mo‘ljallangan davrni bitirganidan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida mazkur ta’lim kreditini qaytarib boradi. Eng qulay sharti shundan iboratki, davlat tomonidan 14 foizi maxsus jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi. Talaba faqat o‘qishi, ilm olishi kerak. Ma’lum bir to‘lovlarni keyin amalga oshiradi. Davlatga, jamiyatga nafi tegsin. Xotin-qizlarimiz ma’lum bir kasb egasi bo‘lganidan keyin qiyinchiliklarsiz o‘zi olgan kreditni 7 yil davomida to‘lab boradi.

— Ta’lim kreditini xotin-qizlar qaysi banklardan olishlari mumkin?

— Qaysi banklar tomonidan ushbu kredit berilishi moliya vazirligining veb saytida e’lon qilinib boriladi. Bular 12 ta bank, ya’ni Mikrokreditbank, Asaka bank, Agrobank, Xalq banki, Ipoteka bank, Qishloq qurilish bank, Turonbank, Oriyent finans bank, Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Aloqabank.

Buning uchun talabalar bankka ariza yozishlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi, talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

Videolavhalarimizning kelgusi sonlarida ijara shartnomasi hamda yotoqxonalar bo‘yicha berilgan savollarning javoblariga doir lavhalarni ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="1180" height="664" src="https://www.youtube.com/embed/hf0e8OHdt_c" title="14 foizli ta’lim kreditini qaysi banklardan olish mumkin?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

N. Rahmonova, Yo. Meliboyev (video), O‘zA