Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 28 yil to‘ldi.
1992 yil 14 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XI sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining suveren davlat ekanligini bildiradi.
[gallery-435]
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i moviy rang, sariq va yashil ranglardan iborat bo‘lib, markazida sariq rangni oq va qizil rangli yo‘laklar ajratib turadi.
Bayroqning moviy rangi bahor yoshligi – suvning mangu timsoli hisoblanadi. Sariq rang esa, Qoraqalpog‘iston hududining ulkan qismi sahrolardan iborat ekanligini bildiradi. Yashil rang esa tabiatning yangilanishining, ma’naviy yasharish, ishonchining va quyoshning belgisidir. Bayroqdagi endi tug‘ilgan oy musulmonlarning muqaddas timsoli bo‘lsa, besh yulduzning rasmi Qoraqalpog‘istonning qadimiy va navqiron besh shahrining – qoraqalpog‘istonliklarning turmush va ishonch qo‘rg‘onlarining timsoli hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining rasmiy vakillarini xorijiy safarlarda, xalqaro anjumanlarda, ko‘rgazmalarda va sport o‘yinlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasini jahonga tanitadi.
O‘zA