Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
136 ta ob’ektda me’yordan ortiq ifloslantirish holati aniqlangan
17:09 / 2021-06-14

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan “Shaharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Barqaror rivojlanish sohasidagi 11-maqsad etib belgilangan shaharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

bugungi kunda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida atrof-muhitga ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan 685 ta korxona va tashkilotning atmosfera havosiga, suv muhitiga hamda yerlarning ifloslantirilishi bo‘yicha monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yilning I choragida 403 ta korxonaning 1 ming 413 ta manbasida monitoring amalga oshirildi. Mazkur jarayonda 136 ta ob’ektning 169 ta manbasida tabiiy muhitni ruxsat etilgan me’yordan ortiq ifloslantirish holatlari aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, 2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi yirik sanoat korxonalarida chang-gazlarni tutib qolish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unda 53 ta korxonadagi 294 ta chang-gaz tozalash uskunalarini ta’mirlash hamda atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish ko‘zda tutilgan.

2021-2025 yillarda respublika, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan 32 ta oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda Jizzax, Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangan.  

Shuningdek, Xorazm, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari markazlarining tozalash inshootlari bo‘yicha loyihalash, texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilmoqda.

 

N.Nasriyev, O‘zA