English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
13,6 ming quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi
11:34 / 2024-04-14

MIBning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan viloyat bojxona, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda majburiy ijro harakatlari bo‘yicha navbatdagi tadbir tashkil qilingan.

Tadbir davomida aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan  «Milano», «Esse» nomli 13 579 quti qiymati 108,7 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlari bo‘lmagan mazkur tamaki mahsulotlari jamoatchilik vakillari guvohligida maxsus pechlarda yoqib yuborilgan.

Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning jami 3 oy davomida jami 4 holatda umumiy qiymati 222,6 mln. so‘mlik 28 559 quti tamaki mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

M.Eshmirzayeva, O‘zA