Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
132 milliard so‘mdan ziyod energiya resurlari talon-toroj qilingan – “O‘zenergoinspeksiya”
15:58 / 2025-12-03

Inspeksiya axborot xizmatining xabar berishicha, noyabr oyida hududlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning 289 ta holati aniqlangan.

Bu holatlar tufayli 26,1 million kilovatt soat elektr energiyasi va 27,2 million metr kub tabiiy gaz talon-toroj qilingan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha 132 milliard 752 million so‘mlik zarar qayd etilgan.

Shu bilan birga, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 518 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.  

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA