130 yoshli Huvaydo momo – O‘zbekistonning eng yoshi ulug‘ fuqarosi
Uning tug‘ilgan sanasi rasman tasdiqlandi
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani "Qoraqum" mahallasida yashovchi Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tug‘ilishi bundan avval rasmiy qayd etilmagan edi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davomida aniqlanishicha, momo 1895 yil 1 yanvar kuni tug‘ilgan.

Buvayda tuman adliya bo‘limi sudga murojaat qilganidan so‘ng, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining sayyor majlisida momoning tug‘ilganlik fakti rasmiylashtirildi.

Shunday qilib, Huvaydo momo endi O‘zbekistonning eng yoshi ulug‘ fuqarosi sifatida tarixga kirdi.
Hamroz Bayanov, O‘zA