Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
13 yoshli stol tennischimiz Dubayda sovrindor bo‘ldi
11:53 / 2024-10-16

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth Contender” turniri o‘tkazilmoqda.

Yosh stol tennischilari uchun mahorat maydoni vazifasini o‘tayotgan ushbu turnirning ilk kunida hamyurtimiz Adelina Hasanova U-13 yosh toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarda kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Mukofot jamg‘armasi ming AQSH dollari bo‘lgan ushbu turnir 17 oktyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA