1984 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qaroriga ko‘ra 13 noyabr sanasi Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni sifatida nishonlanadi.
Bu sana nafaqat bir inson xotirasini e’zozlash, balki butun jamiyatga ko‘zi ojizlar hayoti, ularning ehtiyojlari va imkoniyatlari haqida o‘ylash uchun muhim da’vatdir.
Ko‘zi ojiz insonlarning jamiyatda to‘laqonli ishtirokini ta’minlashda ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda dunyoda maxsus Brayl alifbosi, ovozli kitoblar, ekran o‘quvchi dasturlar va sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar orqali ko‘zi ojiz insonlar ham ma’lumot olish va o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda.
Bunday imkoniyatlar yaratilishi nafaqat ijtimoiy adolat talabi, balki har bir insonning jamiyat taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega ekanini anglatadi.
Ko‘zi ojizlarga nisbatan munosabat bu jamiyat madaniyati va insonparvarlik darajasini ko‘rsatadigan mezondir. Shu sababdan Xalqaro ko‘zi ojizlar kunida turli davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aksiyalar, ochiq muloqotlar o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat ularni qo‘llab-quvvatlash, balki keng jamoatchilik ongini o‘zgartirishga ham xizmat qiladi.
Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA