Bu sana har bir mahsulot, xizmat yoki ish jarayonida sifatga intilish qanchalik muhim ekanini eslatib turadi.
Sifat — bu faqat mahsulotning chiroyli ko‘rinishi yoki xizmatning tez bajarilishi emas. U — ishonch, xavfsizlik va barqarorlikning belgisidir. Sifatli mahsulot ishlab chiqargan yoki sof xizmat ko‘rsatgan tadbirkor avvalo odamlar ishonchini qozonadi.
Mamlakatimizda ham bu yo‘nalishda izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan sifatni oshirish, adolatli raqobat muhitini yaratish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qo‘mita mutasaddilari bozordagi mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, sotuvdagi mahsulotlarning belgilangan standartlarga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini buzish holatlariga chek qo‘yish bo‘yicha doimiy monitoringlar olib bormoqda.
Bu ishlar nafaqat bozordagi raqobatni sog‘lomlashtiradi, balki ishlab chiqaruvchilarni sifatga jiddiy munosabatda bo‘lishga undaydi.
Sifatga intilish — har birimiz uchun mas’uliyat. Chunki har bir mahsulot ortida inson mehnati, mas’uliyati va ishonchi mujassam.
Nigora Rahmonova, O‘zA