1,3 milliard so‘m miqdoridagi elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgan
Andijon viloyati Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, “A.F” MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblash uskunasining nazorat muhri buzilgan va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatiga ko‘ra, bu noqonuniy holat tizimga 1,3 milliard so‘m miqdorida zarar keltirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA