Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
13-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:39 / 2026-02-12

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, Ustyurtda 10-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq, cho‘l xududlarida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi, sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

12-14-fevral kunlari O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi (yog‘ayotgan yomg‘ir shimolda qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), vaqti-vaqti bilan kuchi yog‘ingarchilik bo‘ladi.  

12-16-fevral kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 

12-16-fevral kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor. 

O‘zA