Iste’dod tarbiyasiga e’tibor
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 29-bolalar musiqa va san’at maktabida 265 nafar yoshlar zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 29-bolalar musiqa va san’at maktabida 265 nafar yoshlar zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.Prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan san’at maskanida fortepiano, xalq cholg‘ulari, an’anaviy xonandalik, teatr san’ati, xoreografiya, tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘quvchilarga puxta saboq berilayotir.