129 ming nafar o‘quvchi pasport (ID karta) olmaganligi sababli ma’lumotlari elektron bazaga kiritilmagan
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini so‘radi.
Ma’lumki, abituriyentlar tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun pasport (ID karta) ma’lumotlarini “ABITUR” elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligi eslatib o‘tiladi.
Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining “ABITUR” elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.
bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga kiritilmagan.
O‘zA