128 kishi ishli bo‘ldi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida mahallalardagi daftarlarda, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgan, probatsiya hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Yarmarkada tuman hududidagi 336 ta korxona, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’ektlari 3 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari bilan qatnashdi. Shu kunning o‘zida 128 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, shartnomalar tuzildi. 10 nafariga kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.
Turli soha mutaxassislari tomonidan tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olish, ishga joylashish vaqtida normativ hujjatlarni rasmiylashtirish, bitiruvchilarning huquq va manfaatlari, ish haqi, mehnat ta’tillari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.



A.Musayev,O‘zA.