Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
123 yoshli onaxonga “Shuhrat” medali topshirildi
10:32 / 2023-08-31

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi arafasida “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan keksa avlod vakillari orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidan 123 yoshli Biybixan Akimniyazova ham bor.

Bugungi tinch-osoyishta kunlarda oramizda umrguzaronlik qilayotgan onaxon 1900 yilda Chimboy tumanida tavallud topgan. 1968 yildan Taxtako‘pir tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashab kelmoqda. Dastlab sobiq jamoa xo‘jaligida, ikkinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qildi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev bayram arafasida onaxon xonadonida bo‘lib, mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi bilan muborakbod etdi. Unga “Shuhrat” medalini hamda bayram sovg‘alarini topshirdi.  

O‘z navbatida onaxon keksa avlod vakillariga ko‘rsatayotgan e’tibori hamda g‘amxo‘rligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin-sochin bo‘lishini tiladi.  

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri