English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
121 tog‘ tizmasi va cho‘qqi nomlari tasdiqlandi
12:35 / 2026-01-23

Ob’ektlarning nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mamlakatimizdagi ayrim geografik ob’ektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish to‘g‘risida"gi tegishli qaroriga muvofiq, 121 ta tog‘ tizmasi, tog‘ va cho‘qqilar nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtirildi va rasmiy tasdiqlandi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur jarayon “Davlat tili haqida”gi va “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Respublika komissiyasining xulosasi asosida amalga oshirildi.

Endilikda 121 ta ob’ektning quyidagi havolada keltirilgan tasdiqlangan nomlaridan foydalanish tavsiya etiladi: https://www.lex.uz/ru/docs/-7981778.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA