12 yoshli shaxmatchimiz Oriyat Obidjonov qit’a chempionligiga erishdi
Tailandning Bangkok shahrida shaxmat bo‘yicha 8–18 yoshgacha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining rapid yo‘nalishidagi musobaqalar yakunlandi.
32 mamlakatning 700 nafar shaxmatchi yoshlari ishtirokida o‘tayotgan chempionatning 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi rapid yo‘nalishida hamyurtimiz Oriyat Obidjonov muvaffaqiyatga erishdi.
Rapid bahslarining 7 turdan iborat musobaqasida O. Obidjonov mag‘lubiyatsiz ishtirok etib, 6 ochko jamg‘ardi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga ushbu yosh toifasida qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.

Aytish lozim, mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasining 36 nafar a’zosi o‘z yosh toifalarida ishtirok etmoqda.
Musobaqa nizomiga muvofiq 21-22 noyabr kunlari rapid yo‘nalishidagi musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar aniqlangan bo‘lsa, 22-39 noyabr kunlari standart va blits yo‘nalishidagi musobaqalar bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA