Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
12 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:24 / 2023-01-11

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-19, kunduzi 9-11 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, Ustyurtda 27-30, kunduzi  12-17 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi  8-13 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, cho‘l hududlarida 27-30, kunduzi 7-12  daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, ba’zi joylarda  20 darajagacha,  kunduzi 5-10 daraja, ba’zi joylarda  12 darajagacha sovuq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja, ba’zi joylarda 15 darajagacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.  Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 10-15 daraja sovuq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 11-15 yanvar kunlari O‘zbekistonga Volgabo‘yidan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida hosil bo‘lgan sovuq havo massasining kirib kelishi saqlanib qoladi.  

11-15 yanvar kunlari respublika bo‘ylab anomal sovuq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 12-17, ayrim joylarda 20 darajagacha, kunduzi 5-10, ba’zi joylarda 12 darajagacha; shimolda kechasi 20-25, Ustyurt va cho‘l hududlarining ayrim joylarida 27-30 darajagacha, kunduzi 12-17, janubda va Farg‘ona vodiysida kechasi 8-13, kunduzi 3-8 darajagacha sovuq bo‘ladi.  

Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

11-16 yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

 

O‘zA