Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
12 ta chekka xududlardagi 350 ta ehtiyojmand oila rag‘batlantirildi
20:05 / 2021-10-21

Aholining ehtiyojmand qatlamiga birinchi huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda aksiya tashkil etildi.

Unda Qarshi va Chiroqchi tumanlarining huquqiy maslahat byurolari mutaxassislari tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Qayd etish kerak, loyiha doirasida o‘tgan besh oy mobaynida Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi jami 12 ta chekka mahallalardagi 350 ta ehtiyojmand oilaga pul mablag‘i tarqatildi. 

Oldinda yana shuncha mahallaning kichik infratuzilmasini takomillashtirish rejalashtirilgan. Bunda eng birinchi galda zarur deb topilgan masalalar mahalliy hokimlik, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal qilinadi.

Shuningdek, o‘rganilgan hududlardagi Oilaviy shifokorlik punktlari va Qishloq vrachlik punktlarini zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlashga ko‘maklashish ham ko‘zda tutilgan. E’lon qilingan tender natijasiga muvofiq, xarid ishlari yakuniga yetgach, tibbiy vositalar manzillariga yetkaziladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA