Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
12 milliard 771 million so‘mlik “Yesse Change” sigaretlari ushlab qolindi
15:22 / 2023-09-21

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari mamlakatimiz hududiga 851 ming 460 quti “Yesse Change” nomli sigaret mahsulotining g‘ayriqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi.

Bu haqda O‘zAga xabar bergan viloyat bojxona boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shni davlat orqali “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona postiga kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi vagonlardan biri belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Ko‘rik chog‘ida mazkur vagonda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan va aksiz markalarisiz bojxona nazoratidan yashirilgan qiymati 12 milliard 771 million so‘mlik 851 ming 460 quti “Yesse Change” nomli sigaret mahsuloti borligi aniqlangan.

Ayni paytda holat yuzasidan bojxona organlari tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri