Kun tarixi
1873 yil (bundan 148 yil oldin) – Xiva koni Said Muhammad Rahimxon II ning mamlakatdagi barcha qullarni ozod qilish, xonlikda qul mehnatini tugatish to‘g‘risidagi farmoni e’lon kilindi. Mazkur farmon xon amaldorlari tomonidan darhol ijro qilinib, kullar ozod etildi. Xonning bu farmonini jarchilar Xiva ko‘chalarida va xonlikning boshqa qal’alarida, bozorlarida o‘qib, xalkka yetkazdilar. Shundan keyin xonlikdagi qullarning asosiy qismi vatanlariga ketib, xonlikda qolganlari esa uyli, yerli, mulkli bo‘lib, mamlakatning yerli fuqarolari bo‘lib qoldilar.
1890 yil (bundan 131 yil oldin) – Rossiya imperatorining farmoniga muvofiq Turkiston bojxona okrugi tashkil etildi. Mazkur idora bevosita Turkiston general-gubernatorligiga bo‘ysundirildi. Alohida topshirikdar amaldori lavozimi Turkiston bojxona okrugi boshlig‘i lavozimiga o‘zgartirildi.
1917 yil (bundan 104 yil oldin) – Butun Turkiston musulmonlarining birinchi qurultoyida tashkil etilgan Milliy markazning 12 iyundagi yig‘ilishida barcha jamiyat va uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari Sho‘rosiga bo‘ysunishi haqida Nizom qabul qilindi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari – mardikor va dehqonlarga to‘liq huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va g‘oyaviy tarbiyalashdan iborat edi.
1943 yil (bundan 78 yil oldin) – ulamolar Abdurazzoq Eshon Muhammad Alimov, Akramxon Tozixonov va Mulla Sodiq Islomov Eshon Boboxon boshchiligida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy markazini tuzish to‘g‘risida SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi nomiga maktub jo‘natishdi.
1946 yil (bundan 75 yil oldin) – aktyor, rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev tavallud topdi. U kinoda “Shaytanat”dagi Asadbek roli bilan shuxrat qozongan. Uning ijodi ijtimoiy, falsafiy va g‘oyaviy mazmun ila yo‘g‘rilgan bo‘lib, qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixologik o‘tkir tarzda talqin etishi bilan ajralib turadi.
1994 yil (bundan 27 yil oldin) – Namangan viloyatidagi Mingbuloq konida ishga solingan birinchi quduqdan sanoat nefti olindi.
2012 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi.