English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
12 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:36 / 2026-02-11

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Xorazm viloyatining ayrim joylarida ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja  sovuq,  kunduzi  2 daraja sovuq,  3 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Cho‘l hududlarida  yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga  13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.  Kechasi 1-6,  kunduzi  10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8,  kunduzi  8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga  13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 5-10,  kunduzi  13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi,  ayrim joylarda kuchli yomg‘ir  yog‘ib, tuman tushadi. G‘arbdan  sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq  bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim  joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi, sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda  shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi  0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

Muhim hodisalar

12-14 fevral  kunlari O‘zbekistonda  vaqti-vaqti bilan  yomg‘ir yog‘adi (yog‘ayotgan yomg‘ir shimolda qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), vaqti-vaqti bilan kuchi yog‘ingarchilik bo‘ladi.  

12-16 fevral kunlari  respublikamizning tog‘li tumanlarida  qor ko‘chishi xavfi bor.  

12-16 fevral kunlari  respublikamizning tog‘li tumanlarida  sel kelishi xavfi bor.  

O‘zA