Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
12-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti
12:02 / 2025-12-11

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12-dekabr kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechqurun yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 14-16 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi. 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi. 

Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi), tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi. 

Muhim hodisalar 

11-12-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli tumanlarida qor koʻchishi xavfi bor. 

O‘zA