French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
12-aprel kuni mamlakatimiz bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
11:06 / 2024-04-11

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12-aprel kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi soniyasiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-15, kunduzi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

11-15-aprel kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

12-14-aprel kunlari respublikamizning ayrim tumanlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, Baland tog‘li joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

12-15-aprel kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.  

O‘zA