English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
112 yoshli Narjan momoga ham “Shuhrat” medali topshirildi
10:47 / 2025-08-29

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan bir guruh 100 yoshdan oshgan hamyurtlarimiz Prezidentimiz farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlanishdi.

Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi 112 yoshli Narjan momo Zaripova ham bor.

Onaxonga mamlakatimizning yuksak mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.Ermanov topshirdi va bayram bilan muborakbod etdi.

Umrini dalada oddiy ishchi bo‘lib o‘tkazgan N.Zaripova uzoq yillar paxtachilik va g‘allachilik sohalarida samarali mehnat qildi.

1913 yilda tug‘ilgan momo o‘zi tarbiyalab voyaga yetkazgan 9 nafar  farzandi, 30 nafar nevarasi, 60 nafar chevarasi, 11 nafar evarasining ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda. Har kuni Vatanimizga tinchlik, el-yurtimizga omonlik, yoshlarimizga esa  omad, baxtu saodat  hamda kuch-g‘ayrat tilab kelmoqda.  

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri