Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
11 ta mahalladagi 12 ming 784 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi
17:22 / 2023-01-30

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov 29 yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Unda ta’kidlanishicha, kecha, 29 yanvar kuni elektr stansiyalari tomonidan 222 million 500 ming kilovatt soat  elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Iste’molchilarga esa 217 million 700 ming kilovatt soat elektr energiyasi yetkazilgan.  

 –  Shuningdek, iste’molchilar 145 million 400 ming metr kub tabiiy gaz va 1 ming 100 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi, – dedi O.Dilmurodov. –  Hozir hududlarda 2  ming 500 tonna suyultirilgan gaz hamda 23 ming 500 dona gaz ballon zaxirasi  yaratilgan. Aholi va byudjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 3 ming 400 tonna ko‘mir hududlardagi omborlarga  yuborildi. Ko‘rilgan choralar natijasida elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni to‘liq bartaraf etishga erishildi. Gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi ko‘tarilishi natijasi 1 kunda 11 ta mahalladagi 12 ming 784 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi.  

Ayni kunlarda Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim xonadonlarida gaz bosimini me’yorga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.  

O‘zA