English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
11-sinf o‘quvchisi bir oyda 5 million so‘m daromad topmoqda
16:35 / 2021-05-03

Otabek Usmonov Namangan viloyati Namangan tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qiydi. O‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan bu iqtidor sohibi muddatidan avval Janubiy Koreyaning “Songvon” universiteti talabasiga aylandi.

Koreys tilidan “Topic 2” darajali sertifikatga ega bo‘lgan Otabek ushbu til bilan uch yildan buyon muntazam shug‘ullanib keladi. O‘z atrofiga maktabdagi tengdoshlari, uka-singillarini jamlagan. Darsdan so‘ng o‘quv dargohi direktori Anvarjon Mirzaliyev tomonidan ajratib berilgan xonada koreys tilidan qo‘shimcha saboqlar beradi.

U ayni kezda to‘qqiz nafar sinfdoshini ham oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlamoqda. Shu bilan birga, maktabning o‘zida 50 nafardan ortiq o‘quvchi va mahalladoshlariga koreys tilini o‘rgatmoqda.  

E’tiborlisi, Otabek o‘zining tinimsiz harakatlari, intilishi va bilimi natijasida har oyda 5 million so‘m daromadga ega bo‘lmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA